Ikki kun davom etishi rejalashtirilgan mazkur tadbir dunyoning 34 davlatidan 100 dan ortiq xalqaro ekspertlar, professor- oʻqituvchilar, olimlar hamda siyosatchilarni O’zbekistonda jamladi.
Bu yil prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yili deb e’lon qilingan va bu bo’yicha davlat dasturi qabul qilingan. Ushbu konferensiyaning mamlakatimizda o’tkazilishi O’zbekistonning innovatsiyalarni rivojlantirishga boʻlgan yuksak intilishini namoyon etadi va qo’llab-quvvatlaydi.
Eslatib o’tamiz mazkur tadbirga Alfraganus universiteti mezbonlik qilmoqda. Ertaga barcha jarayonlar universitet binosida tashkil etiladi.