Alfraganus Universiteti hamda Universitat de Barcelona o‘rtasida hamkorlik aloqalariga poydevor o‘rnatildi.
Bitimga ko‘ra, endi har ikki universitetlarning madaniy va shahar turizmini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar, talabalar almashininuvi hamda kelgusida ularning hamkorligidagi seminar va amaliyotlarda ishtirok etishi bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.
Ma‘lumot uchun, Universitat de Barcelona - Ispaniyaning Barselonada shahridagi eng yaxshi davlat universitetlaridan biri hisoblanib, Dunyo reytingidagi (QS World University) TOP-200 ta universitetlari qatorida 164 oʻrinni egallaydi.
Shu o`rinda aytish joiz, Alfraganus universitetining ilmiy tadqiqotchisi bo'lgan Abduvakhid Kasimov bugungi kunda mazkur Universitat de Barcelona doktoranti bo‘lib, Butunjahon Yunesko madaniy moddiy meros tajribalari doirasida o‘rganish olib bormoqda.
r r r r Barcelona Universiteti, Mintaqa geografiyasi va shahar turizmi bo‘yicha magistratura departamenti koordinatori - Dr. Dolores Sanchez Aguilera xonim bilan uchrashar ekan, u Ikki tomonlama hamkorlik aloqalari boshlangani haqida juda mamnun ekanligini bildirdi.