Alfraganus universitetida an'anaga aylanib borayotgan "Universitet malikasi - 2025" talaba qizlar ko'rik - tanlovining fakultet bosqichi, Filologiya fakulteti tomonidan o'tkazildi.

Tanlovda qizlar o'zlarining ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, ilmiy, ijodiy salohiyatlarini ko'rsatishga harakat qildilar. 

Yakunda "IF24-05" — guruhi talabasi Sevinch Iskandarova 1-o'rinni egalladi.

Ushbu tanlov reja asosida boshqa fakultetlarda ham o’tkazilib, g'oliblar universitet bosqichida ishtirok etadi.