Alfraganus universiteti Namseoul-K markazi tomonidan barcha talabalar uchun videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi.
Tanlov shartlari:
— videorolik 16:9 formatda tayyorlanishi;
— videorolikning davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi;
— tayyorlangan videorolik shaxsiy Instagram sahifasiga joylanishi hamda postda Namseoul-K markazi sahifasi belgilanishi lozim.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p yoqtirish (like) va izoh (comment) to‘plagan 3 nafar ishtirokchi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Videoroliklaringizni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
@Alfraganus_Namseul_kmarkazi

