Alfraganus universitetining xotin-qizlar qo`mitasi raisi Zuhro Saidova, Tibbiyot fakulteti, Farmatsevtika va kimyo kaferdasi professori Lola Po`latova va dotsent Klara Boltayevalar shu kunlarda Hindiston poytaxti Yangi Dehlida bo`lib o`tayotgan "WORLD WOMEN STUDIES CONFERENCE - VII" Xalqaro konferentsiyada ishtirok etmoqdalar.


Konferentsiyaning birinchi kunida professor Po`latova Lola Toirxanovna -"O'zbekiston Pespublikasida ilm-fan shakllanishida xotin-qizlarning mavqeini oshirish" mavzusida, dotsent Boltayeva Klara Shamuratovna - "O'zbekiston Respublikasida ayollarning gender tengligi masalalari" hamda Saidova Zuhro Narzullayevna - "Ayolni e'zozlash, unga ehtirom ko'rsatish o'zbek xalqiga xos olijanob xususiyat" mavzusida o`z ma'ruzalari bilan qatnashdilar.


r r

Qolaversa, mazkur konferentsiyada Alfraganus universitetining faoliyati va yutuqlari haqida ingliz tilida tayyorlangan videorolik namoyishi dunyoning 17 davlatidan tashrif buyurgan mehmonlar orasida katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida universitetimiz vakillari maxsus sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.