Turkiyaning Balikesir universitetida xizmat safarida bo‘lib turgan Alfraganus universiteti professor-o‘qituvchilari Balikesir universiteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashish, ilmiy faoliyatni yanada faollashtirish, birgalikda ilmiy maqolalar chop etish, o‘quv qo‘llanmalar yaratish hamda bitiruv malakaviy ishlari doirasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.