Norvegiyaning Oslo Metropolitan universitetida “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” nomli xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan yetakchi olimlar ishtirok etdi. Konferensiyada Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Asror Muhamedov ham faol ishtirok etdi va ilmiy taqdimot bilan qatnashdi.

Konferensiya materiallari to‘plami chop etildi va Scopus bazasida indekslanuvchi nufuzli Springer platformasida eʼlon qilindi.

BIZDA QABUL DAVOM ETMOQDA