Alfraganus universiteti jamoasi Erasmus loyihasi doirasida Chexiyaning Liberec shahrida joylashgan Liberec Texnika universitetiga tashrif buyurdi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Liberec Texnika universiteti xalqaro reytinglarda TOP-500 talikdan o‘rin olgan nufuzli ta’lim muassasalaridan biridir.
Bugungi kunda ushbu universitetda iqtisodiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda: Bioinjenering, nanotexnologiya, mexatironika va informatika, san’at va arxitektura, to‘qimachilik muhandisligi kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha Yevropa universitetlari ichida yetakchilik qilib kelmoqda.
Tashrif davomida jamoamiz Iqtisodiyot va statistika Departamenti rahbari professor Jirri Roskovich bilan uchrashib, departament faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.