Alfraganus universiteti delegatsiyasi Chexiya Respublikasidagi Liberec Texnika universitetiga tashrifini davom etmoqda.

Tashrif doirasida Alfraganus universiteti jamoasi Liberec Texnika universitetining International Office bo‘limi boshlig‘i Michaela Andēlová hamda uning jamoasi a’zolari Ing. Viera Hulicková va Ing. Tereza Martinkova bilan uchrashdi. Suhbat davomida xorijiy professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish jarayonlari va o‘zaro tajriba almashinuvi uchun yaratilgan imkoniyatlar muhokama qilindi.

 Shuningdek, Liberec Texnika universiteti xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki universitetda xorijiy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kelajakda talaba almashinuv dasturi bo‘yicha kelishuvga erishildi.