Turkiyaning Necmettin Erbakan universitetidan Birol Merjan va Ahmed Shaxboz boshchiligidagi bir guruh talabalar Alfraganus universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik dasturi doirasida talabalar almashinuvini amalga oshirish hamda ta’lim jarayonida ishtirok etishdan iborat.

Dastur asosida mehmon talabalar xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etildi.

Shuningdek, talabalar o‘rtasida turli uchrashuvlar, muloqotlar va tajriba almashish tadbirlari tashkil etilmoqda. Mazkur jarayonlar talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, madaniy almashinuvni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.