Alfraganus universiteti professor-o‘qituvchilari akademik almashinuv dasturi doirasida Turkiyaning Balıkesir universitetida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida universitet rektori, professor Yücer Oğurlı bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro ilmiy konferensiyalar tashkil qilish hamda madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv kelgusida qo‘shma loyihalar va akademik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.