Alfraganus universitetida Pokiston Islom Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ko‘p yillik kriket sporti vakili Farah Imran hamda IT va muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasiga ega Tooba Shahid ishtirok etdi.

Shuningdek, Pokistonning Poklions Milliy Akademiyasi rahbari Malik Nasirning ishonchli vakili sifatida kriket sport turini rivojlantirish, Alfraganus universitetida kriket yo‘nalishi bo‘yicha talabalar va sportchilar jamoasini shakllantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ushbu sport turini respublikamizda ommalashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.