Alfraganus universiteti vakillari Qrim Federal universitetining S.I. Georgiyevskiy nomidagi Tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Verchenko Igor Anatolievich bilan tibbiyot sohasida ilmiy va akademik hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Tashrif doirasida malaka oshirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va qo‘shma loyihalar bo‘yicha rejalar belgilab olindi.