"Xayraton" xalqaro savdo markazida mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Alfraganus universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti tomonidan ishlab chiqilgan quyosh pechlari namoyish etildi.

Ko‘rgazma davomida taqdim etilgan innovatsion ishlanmalar Afg‘oniston Respublikasi vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tomonlar mahsulotlarni eksport qilish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Mazkur uchrashuvlar natijasida kelgusida mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzolash rejalashtirilmoqda.