Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti tashabbusi bilan universitetimiz vakili, Xitoyning Minzu universiteti professori, YUNESKO oltin medali sohibi hamda Sharq filologiyasi kafedrasi professori G‘. M. Ismoilov ishtirokida “Xorijda filologik ta’lim va tadqiqotlar: an’ana, tajriba, yangilanishlar” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida Xitoy oliy ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar, xalqaro ilmiy loyihalar, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda akademik mobillik istiqbollari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.