Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b. Ulug‘bek Ko‘chimov hamda Sharq filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sevara Jumayeva Fan va texnologiyalar universitetida tashkil etilgan “Filologiya taraqqiyoti: innovatsiya, metodologiya va amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar.

Xalqaro konferensiyada professor-o‘qituvchilar “Fantastik asarlarda xronotop va badiiy motiv” va “Nofilologik yo‘nalish talabalarida ingliz tili muhitini yaratishda kreativ yondashuv” mavzularidagi ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib, zamonaviy filologiya va ta’lim metodikasi yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.