Alfraganus universitetida Turkiyaning Mersin va Nejmeddin Erbakan hamkor universitetlari o`rtasida “Ipak yoʻli va konferensiyalar" seriyasi (SIRCON 2024) “Bir makon – bir yoʻl: til, inson kapitali va madaniy meros” mavzudagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishga bag`ishlangan online muloqot bo`lib o`tdi.
Unda hamkor universitetlar o`rtasida tuzilgan memorandumlar asosida olib borilayotgan ilmiy loyihalar bo`yicha suhbat, xalqaro anjumanda qatnashadiganlarning ro`yxatdan o`tishlari, O`zbekistondan ishtirok etish istagida bo`lgan talabgorlarni kutib olish, tezislarni nashr qilish masalalari kelishib olindi.
Ma`lumki, xalqaro konferensiya joriy yilning 23-24 – may kunlari Turkiyaning Mersin shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan.