Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan "TOSHKENT GRAND PRIX" xalqaro velosport musobaqasi qizg‘in davom etmoqda. Quvonarlisi, mazkur nufuzli turnirda universitetimiz vakillari ham munosib ishtirok etishmoqda.

Xususan, Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabasi Anastasiya Safonova jamoaviy ta’qib poygasida muvaffaqiyat qozondi!

Ayollar o‘rtasidagi natijalar:
"Toshkent shahar cycling team" jamoasi tarkibida harakat qilgan Anastasiya Safonova hamda uning jamoadoshlari (A. Bakcheyeva, Ya. Mishinova, A. Tazuddinova) faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Universitetimiz rahbariyati va jamoasi nomidan Anastasiyani ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz! Talabamizga kelgusi nufuzli musobaqalarda ham omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

G‘alaba muborak, Anastasiya!