Alfraganus universiteti "HE Higher Education Ranking 2026" xalqaro reytingida 5044 ball bilan 407-o‘rinni egalladi.

Mazkur reyting 25 ta mezon va 138 ta indikator asosida shakllantirilib, 2026-yil natijalarida 95 ta mamlakat oliy ta’lim muassasalari qamrab olingan.

Reyting natijalariga ko‘ra, universitetning quyidagi yo‘nalishlardagi faoliyati alohida e’tirof etildi:

— barqaror rivojlanish va UN SDGs;

— tenglik va inklyuzivlik;

— akademik shaffoflik;

— media faolligi.

Shuningdek, universitet peer set doirasida 12-o‘rinda qayd etildi. Mazkur natija Alfraganus universitetining xalqaro maydondagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini tasdiqlaydi.