Alfraganus universitetida xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallash, universitetning xalqaro nufuzini oshirish hamda reyting ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan strategik seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida universitetning xalqaro reytinglardagi joriy natijalari tahlil qilinib, ilmiy tadqiqotlar faolligini oshirish, Scopus va Web of Science bazalaridagi nashrlar sonini ko‘paytirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro reyting indikatorlarini samarali bajarish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi hamda barcha tarkibiy bo‘linmalar uchun amaliy chora-tadbirlar va "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Mazkur seminar Alfraganus universitetining xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzini yanada mustahkamlash va dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib o‘rin egallash yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi.