Alfraganus universiteti ta’lim sifati va boshqaruv tizimi bo‘yicha xalqaro e’tirofga ega bo‘lib, Yevropaning EQAS hamda Turkiya Respublikasining YÖK standartlari asosidagi xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlangan.

Mazkur e’tiroflar universitetda ta’lim jarayonlari zamonaviy talablar va xalqaro mezonlar asosida tashkil etilganligini tasdiqlaydi.