Rossiya Federatsiyasining B.N. Yelsin nomidagi Ural Federal universitetida o‘tkazilayotgan "Yozgi universitet – 2025–2026" xalqaro ta’lim loyihasi doirasida Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti talabalari fakultetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Shohida Yuldasheva boshchiligida xalqaro ta’lim dasturlarida faol ishtirok etmoqda.
Loyiha doirasida ishtirokchilar Yekaterinburg shahridagi Sberbank faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bank mutaxassislari tomonidan talabalar uchun zamonaviy moliyaviy savodxonlik, bank sektori bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda bugungi globallashuv davrida dunyo bilan hamnafas bo‘lib ishlash ko‘nikmalariga bag‘ishlangan amaliy trening tashkil etildi.
![]() |
![]() |
![]() |




