Rossiya Federatsiyasining B.N. Yelsin nomidagi Ural Federal universitetida o‘tkazilayotgan "Yozgi universitet – 2025–2026" xalqaro ta’lim loyihasi doirasida Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti talabalari fakultetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Shohida Yuldasheva boshchiligida xalqaro ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.

Bugungi dastur doirasida ishtirokchilar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Intellektual bellashuv yuqori saviyada o‘tib, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etishiga xizmat qildi.

Musobaqa, shuningdek, turli mamlakatlardan tashrif buyurgan talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va xalqaro hamkorlik ruhini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.