Rossiya Federatsiyasining B.N. Yelsin nomidagi Ural Federal universitetida o‘tkazilayotgan "Yozgi universitet – 2025–2026" xalqaro ta’lim loyihasi doirasida Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti talabalari fakultetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Shohida Yuldasheva boshchiligida xalqaro ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.
Bugungi dastur doirasida ishtirokchilar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qildi.
![]() |
![]() |



