Rossiya Federatsiyasining B.N. Yelsin nomidagi Ural Federal universitetida o‘tkazilgan "Yozgi universitet – 2025–2026" xalqaro ta’lim loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur loyiha doirasida Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti talabalari fakultetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Shohida Yuldasheva hamrohligida xalqaro ta’lim, ilmiy va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, universitetimiz sha’nini munosib himoya qildilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Milliy kun dasturida hamda sport musobaqalarida 15 ta davlat orasida faxrli 1-o‘rin qo‘lga kiritildi.

Shuningdek, talabalar yadro texnologiyalari yo‘nalishidagi atom loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan 15 ta davlat ishtirokidagi xalqaro tanlovda eng yaxshi loyiha mualliflari safidan o‘rin olib, sertifikatlar bilan taqdirlandi.