Rossiya Federatsiyasining B.N. Yelsin nomidagi Ural Federal universitetida o‘tkazilayotgan "Yozgi universitet – 2025–2026" xalqaro ta’lim loyihasi doirasida Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti talabalari fakultetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Shohida Yuldasheva boshchiligida xalqaro o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etmoqda.
![]() |
![]() |
Navbatdagi dars "Innovatsion texnologiyalar zamon tasarrufida" mavzusida to‘liq ingliz tilida o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ingliz tilida javob berilib, talabalarimiz xalqaro muloqot ko‘nikmalarini yana bir bor namoyon etdilar.



