Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti, Sharq filologiyasi kafedrasi, Arab filologiyasi yo‘nalishi 4-bosqich, 22-2-guruh talabasi Kamola Robixonova dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lgan Malik Xolid universitetining "Xalqaro siyosat" magistratura yo‘nalishiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Ushbu yutuqning yana bir muhim jihati shundaki, so‘nggi 10 yil davomida O‘zbekistondan Malik Xolid universitetining magistratura bosqichiga qabul qilingan ilk talaba aynan Alfraganus universiteti talabasi bo‘ldi.