Yosh avlodga nafaqat bilim berish, balki ijtimoiy mas'uliyat tuyg‘usini singdirish maqsadida Iqtisodiyot fakultetining professor-o‘qituvchilari va tyutorlari tomonidan navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi.  

Jumladan, Yakkasaroy tumani “Tiklanish” mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi. Ushbu tashrif davomida oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy ehtiyojlar yetkazildi.

Bu kabi tashabbuslar fakultet jamoasining nafaqat ta’lim, balki insoniylik va hamjihatlik tamoyillariga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi.