Alfraganus universiteti talabalari uchun Xitoy va Yaponiya davlatlarida yozgi xalqaro dastur tashkil etilmoqda.
Mazkur dastur turizm sohasida stajirovka o‘tash bilan birga xorijiy tillar — xitoy, yapon, ingliz va rus tillari bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.
Xitoy dasturi Hainan orolidagi 5 yulduzli mehmonxonada 12 oy davomida amalga oshiriladi hamda ishtirokchilardan rus tilini bilish talab etiladi. Yaponiya dasturi esa 3 oy muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz yoki yapon tillaridan birini bilish zarur.
Dastur doirasida talabalarga aviachipta, turar joy va ovqatlanish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Dastur yuzasidan batafsil ma’lumot 2-mart kuni soat 14:00 da “C” bino tadbirlar zalida taqdim etiladi.

