Bugun universitetimizga Xitoy Xalq Respublikasining Qingdao Binhai universiteti rektori Han Fangxi hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Qiao Shibaolar keldilar va katta qiziqish bilan universitet faoliyati hamda imkoniyatlarimiz bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng universitetimiz rektori Muxammadismoil Maxmudov bilan mehmonlar o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi. Unda, talabalarni qisqa muddatli almashinuv dasturlarini yo'lga qo'yish, xususan talabalarning ingliz tili va xitoy tilini egallashida, Turizm sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatishda, tibbiyot sohasida kreativ qo’shma loyihalarni joriy qilishda, kompyuter injiniringi yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni qisqa muddatli amaliyotlarini joriy etishda, kelgusida qator qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yishda hamkorlik bo’yicha muzokaralar olib borildi.

r r Qizg‘in va samarali davom etgan muzokaralar yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi