Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan Iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyovuddin Nazarov Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shenzhen universitetiga amaliy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida akademik va ilmiy hamkorlik, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari muhokama qilinib, 2026–2027-o‘quv yili boshida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Sichuan provinsiyasidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
![]() |


