Alfraganus universitetiga chet mamlakatlaridan hamkorlik istagida bo`lgan vakillar tashrifi davom etmoqda. Bugun rektor Muxammadismoil Maxmudov Xitoy Respublikasidan tashrif buyurgan Iqtisod fanlari nomzodi Peng Xingenni qabul qildi.

       Peng Xingen - xitoy tilini chet tili sifatida o'qitish bo'yicha malaka sertifikatiga ega bo`lib, HSK (Xitoy tili boʻyicha xalqaro malakaviy imtihonni ifodalaydi) imtihonlari va stipendiyalarni tavsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanish. Qolaversa, u “Xitoy ko`prigi” ya`ni Ikki davlat universitetlari bilan aloqa o`rnatish va tadbirlar tashkil etish bo`yicha yetuk mutaxassis. 

       Uchrashuvda universitetimiz xitoy tili yo`nalishidagi talabalarimiz uchun qisqa muddatli talabalar almashinuvi, ular tajribalarini orttirish, umuman olganda xitoy tili mutaxassislarini tayyorlash bo`yicha muzokaralar olib borildi.