Shu kunlarda yurtimizda o`tkazilgan “O‘zbekiston – Xitoy: Shinjon ishlab chiqaruvchilaridan birinchi qo’l mahsulotlari” anʼanaviy ko‘rgazmada o`z faoliyati namunalari bilan qatnashgan Xitoyning Hengsheng Group kompaniyasining Liu Xilei direktori boshchiligidagi delegatsiya a`zolari kuni kecha Alfraganus universitetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif chog’ida mehmonlar universitet faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kelgusida ko`zlangan maqsadlar bilan bog`liq hamkorlik masalalariga bag’ishlangan rasmiy uchrashuv rektor Muxammadismoil Maxmudov ishtirokida bo`lib o`tdi.
Buning natijasi o`laroq, Alfraganus universitetining tibbiyot fakulteti talabalari amaliyot o’tash uchun Xitoyga tashrif buyurib u yerda 9 oy davomida Hengsheng Group kompaniyasida nazariy va amaliy shaklda malaka oshirishlari mumkinligi haqida kelishib olindi.
Shu o`rinda aytish joiz, Xitoyning Heng Sheng Group farmsanoat kompaniyasi, tibbiyotda zarur asbob uskunalar, stomatologik jihozlar ishlab chiqarish bo`yicha yetakchilik qiladi.