Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogika kafedrasi PhD, professor v.b. Go'zal Sharipova, PhD, dotsent v.b. Gulruh Rahmonova hamda Xalqaro munosabatlar va tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi Madiyor Turdiyev boshchiligida iqtidorli talabalar bilan birgalikda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ulug‘bek” jamg‘armasiga tashrif buyurildi.


Tashrif davomida jamg‘arma raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich bilan samimiy uchrashuv tashkil etilib, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muborakbod etildi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.


Mazkur uchrashuv yoshlarni ilm-fan va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ustozlarga hurmat va ehtirom ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.