Raqamli texnologiyalar fakultetining "Kiberxavfsizlik injiniringi" yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Diyorbek Sobirov 50 nafar yosh IT-mutaxassislar safida Beeline Uzbekistandan grant yutib oldi.
Grant olish uchun respublikaning barcha hududlaridan jami 300 dan ortiq ariza topshirilgan bo‘lib, bunda nomzodlarning o‘rtacha yoshi 23 yoshni tashkil etdi.