“Karyera kuni” tadbiri doirasida Alfraganus universiteti tomonidan 50 ga yaqin tashkilot va kompaniyalar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
![]() |
![]() |
Ushbu kelishuvlar talabalar uchun amaliyot o‘tash, ish bilan ta’minlash hamda soha mutaxassislari bilan hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
![]() |
![]() |
![]() |
Jumladan, Kafil sug‘urta aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy musiqa akademik litseyi, Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Mudarris maktabi bilan ham hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi, shuningdek yana bir qator yirik va nufuzli tashkilotlar bilan ham shu kabi kelishuvlar amalga oshirildi.






