Bugun universitet rektori Azizbek Ismailov rahbarligida prorektorlar va fakultet dekanlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda:

— 1-kurs talabalari uchun Mustaqillik darsini yuqori saviyada o‘tkazish;

— Yangi talabalar uchun tanishuv darslari va tadbirlarini tashkil etish, bu orqali talabalarga mustaqillik qadriyatlari hamda yoshlar mas’uliyati, universitet hayoti, imkoniyatlari, an’analari, o‘qish jarayonidagi qulayliklar haqida to‘liq ma’lumot berilishi rejalashtirildi.

Alfraganus universiteti yangi o‘quv yiliga talabalar bilan birgalikda katta shijoat bilan kirib bormoqda!