Bugun Alfraganus universiteti talabalari uchun manfaatli tashabbuslar ilgari surildi. Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi TOQQ qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism hamda Alfraganus universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur kelishuv talabalarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularning jangovar ruhiy tayyorgarligini kuchaytirish, yoshlarning Vatanga muhabbat va sadoqatini mustahkamlashga qaratilgan. Kelishuv doirasida talabalar, klublar faollari harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishib, amaliyot o’tash imkoniyatiga ham ega bo’ladi.
BIZDA QABUL DAVOM ETMOQDA
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling