Iryo Sousey universiteti taklifiga binoan Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari fakultet dekanati rahbariyati hamrohligida Yaponiyada bo’lib turibdilar.
Tashrif davomida vakillarimiz Yaponiyaning 152 yillik tarixga ega Tsukuba universitetida ham bo’ldilar.
Talabalar dunyoning eng yirik kutubxonalaridan biri hisoblangan Tsukuba universitetining Axborot resurs markazi kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Ushbu kutubxona o‘zida 2 million 750 mingdan ortiq noyob va qimmatli kitoblarni jamlagan bo‘lib, yil davomida 650 mingdan ziyod kitobxonlarni qabul qiladi.
Talabalar nafaqat Yaponiyaning boy ilmiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishishdi, balki xalqaro miqyosdagi ilmiy izlanishlar va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.
Kelgusida talabalar Yaponiyaning zamonaviy ta'lim tizimi, ilmiy-tadqiqot ishlari va texnologik yutuqlarini o‘rganib, o‘z bilim va tajribalarini boyitib borishadi deb ishonamiz.
_____________________________________________