Alfraganus universiteti talabalarni dunyoning rivojlangan davlatlarida amaliyot o‘tashga yuborishda davom etmoqda.

Xususan, o‘tgan hafta davomida universitetning 6 nafar talabasi Yaponiyaning “Okinawa Tourist”, “EST Corporation” va “Daiki Construction” kompaniyalariga 3 oy muddatga amaliyot o‘tash uchun yuborildi. Mazkur dastur talabalarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro tajriba orttirish va kasbiy malakalarini oshirish imkoniyatini beradi.

Ushbu talabalar bir necha bosqichli saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Yaponiya kompaniyalarining 100 foizli grant sohibiga aylanishgan. Shu sababli, dastur bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘liq qabul qiluvchi tomon hisobidan qoplanadi.

Alfraganus universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish orqali talabalarning xorijda amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda. Universitet rahbariyati iqtidorli va xorijiy tillarni yaxshi biladigan talabalarni keyingi xalqaro dasturlarda faol qatnashishga taklif etadi.