Alfraganus universitetining bir guruh iqtidorli talabalari Yaponiyaning “Okinawa Tourist”, “EST Corporation” va “Daiki Construction” kompaniyalarida 3 oy muddatga xalqaro amaliyot dasturida ishtirok etib, o‘z mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tajriba orttirmoqdalar.
Amaliyotdan bo‘sh vaqtlarida talabalar Yaponiyaning betakror tabiati, boy madaniy merosi hamda milliy urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Alfraganus universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish orqali talabalarning xorijiy kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda. Universitet rahbariyati iqtidorli, tashabbuskor hamda xorijiy tillarni puxta egallagan talabalarni kelgusidagi xalqaro amaliyot dasturlarida faol ishtirok etishga chorlaydi.
![]() |
![]() |
![]() |




