Alfraganus universiteti rahbariyati Yaponiyadan tashrif buyurgan bir guruh delegatsiya a`zolarini, ya`ni  “Asibiz LLC Representative” direktori HIYANE Taku, “Sales Department”dan ISHIHARA Ayaka, “Support Staff Okinawa Co.Ltd Sales Department” TAKAEZU Yuka, “Umajirushi Co.,Ltd Representative” direktori KATO Yasutoshi, “Noritsuisu Co.Ltd Representative” direktori AOKI Shogo, “ACES JAPAN FE LLC Representative” direktori Islomjon Isakov hamda marketing menejeri Abror Madumarovlarni kutib oldi.  

Yaponiyalik hamkorlar o’liy ta’lim muassasasi bitiruvchilarini Yaponiyadagi kompaniyalarda ishga joylashtirish bo’yicha konsalting va yuridik xizmatlarni amalga oshirish bo’yicha takliflarini bildirdi.

Ushbu tashkilotlar yoshlarni qurilish, turizm, tibbiyot va informatsion texnologiyalar yo’nalishlarida ishga joylashishlari uchun huquqiy va amaliy yordam ko’rsatadilar va ularning barcha xizmatlari talabalar uchun mutlaqo bepul hisoblanadi.

Ikki tomonlama uchrashuv qizg`in ruhda o`tdi. Unda Alfraganus universitetida yapon tili yo`nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun yaponiyalik mutaxassislar jalb etish hamda universitet talabalarini Yaponiyadagi kompaniyalarda 6-10 oylik muddatga amaliyot (internship) o’tashlariga yordam berishiga kelishib olindi.

Shundan so`ng barcha delegatsiya a`zolari universitetimizda yo`lga qo`yilgan ta`lim tizimi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda universitetimiz klinikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.