Alfraganus universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Joriy yilning may oyi oxirlarida Alfraganus universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Chexiyaning PIMT - Prague Institute of Management and Technology oliy ta’lim muassasasiga rasmiy tashrifi kutilmoqda.
Mazkur tashrif doirasida talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro amaliyot jarayonlarini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish hamda iqtisodiyot yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilinadi.
Ushbu hamkorlik Alfraganus universiteti talabalari uchun Yevropa ta’lim tajribasini o‘rganish, xalqaro malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy bilimlarni egallashda muhim ahamiyat kasb etadi.

