Alfraganus universiteti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Axror Davkarov hamda “Alfraganus yoshlari” klubi hamkorligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabekxo‘ja Sobitov ishtirokida “Prezident tashabbuslari – yoshlar kelajagi uchun mustahkam poydevor” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, tashabbuslar hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.