Alfraganus universiteti Davolash ishi va pediatriya, Stomatologiya va farmatsiya hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti tyutorlari tomonidan "Yoshlar kuni” munosabati bilan talabalar o‘rtasida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
![]() |
![]() |
![]() |
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining intellektual salohiyati, strategik fikrlashi va chaqqonligini namoyon etdilar. G‘olib va faol qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.







