Alfraganus universiteti talabalari Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan “Yozgi Universitet 2025” loyihasida ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdilar. Dastur davomida ular nafaqat ta’limiy mashg‘ulotlarda qatnashdilar, balki XakAtom platformasida innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va taqdim etish imkoniga ega bo‘ldilar.
![]() |
![]() |
![]() |
Dastur doirasida UrFU prezidenti Koksharov V.A. bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, akademik va talabalar almashinuvi, stajirovkalar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
![]() |
![]() |
![]() |
Yakunda Alfraganus universiteti talabalari hamda “Farmatsevtika va kimyo” kafedrasi professori, DSc Pulatova Lola Tairxanovna yozgi universitet loyihasida faol ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlandi.