Alfraganus universiteti "Alfraganus Zakovat" klubi tomonidan fakultetlararo talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi.

O‘yinda har bir fakultetdan tuzilgan jamoalar ishtirok etadi. Jamoa tarkibi 6 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lishi lozim.

Intellektual o‘yin joriy yilning 25-sentyabr kuni, soat 14:00 da, “C” bino, "Teatr" zalida bo‘lib o‘tadi.