Bugun yurtimiz bo‘ylab 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Bu sana – Vatan ozodligi, tinchligi va kelajagi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizni yod etish, urush va mehnat fronti faxriylariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish kunidir.

Ushbu kun insoniyatga tinchlikning qadriga yetish, og‘ir sinovlardan o‘tgan avlodlarning matonati va jasoratini unutmaslik, ularning ibratli hayot yo‘lini doimo yodda saqlash zarurligini eslatadi.