TOP 1000 TALIKDAMIZ!

— 8 TA YO'NALISHDA 


Bugun kongress ishining 3-chi kunida “Impact ranking – 2025” xalqaro reyting natijalari e’lon qilindi. 

Alfraganus universiteti “Times Higher Education" xalqaro reyting agentligining "Impact ranking - 2025" reytingiga kiritildi!

Quvonarlisi, Alfraganus universiteti tashkil etilganiga 3 yil bo'lganiga qaramasdan mazkur reytingda birinchi marta ishtirok etdi va natijada 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlaridan 8 ta maqsadlar bo'yicha jahon reytingida TOP-1000 talik ro'yxatidan o'rin oldi.

Barcha Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo'yicha quyidagi natijalar qayd etildi:


1. Kambag'allikni qisqartirish - 1001

2. Oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish - 601-800

3. Sog'liq va farovonlik - 1001-1500

4. Sifatli ta'lim - 1501

5. Gender tenglik- 1001-1500 

6. Toza suv va sanitariya - 801-1000

7. Arzon va toza energiya - 801-1000

8. Munosib mehnat va iqtisodiy o'sish - 1001 

9. Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma - 1001

10. Tengsizlikni kamaytirish - 1001

11. Barqaror shaharlar va jamoalar - 801-1000

12. Ma'suliyatli iste'mol va ishlab chiqarish - 601-800 

13. Iqlim o'zgarishi - 601-800 

14. Dengiz ekotizimlarini asrash - 401-600

15. Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash - 601-800 

16. Tinchlik, adolat va samarador institutlar - 1001

17. Maqsadlar uchun hamkorliklar - 1001-1500 


Ma'lumot uchun, mazkur xalqaro reytingda 130 davlatdan 2526 ta oliygohlar ishtirok etgan.


O‘zbekistonning yetakchi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biri — Alfraganus universiteti qisqa vaqt ichida xalqaro maydonda jadal rivojlanib, ilk bor ikkita nufuzli reyting — UI GreenMetric va Times Higher Education Impact Rankings 2025 kabi global ko‘rsatkichlarda ishtirok etib, salmoqli natijalarga erishdi.

UI GreenMetric - 2024 reytingidagi yutuqlar

2024-yil yakunida Alfraganus universiteti ilk bor ekologik barqarorlik va “yashil” rivojlanish bo‘yicha global universitetlarni baholovchi UI GreenMetric xalqaro reytingida ishtirok etdi va natijada quyidagi natijalarga erishdi:

Jahon universitetlari orasida — 872-o‘rin;

O‘zbekiston OTMlari orasida — 27-o‘rin.

Bu natijalar universitetning atrof-muhitga bo‘lgan munosabati, energiya samaradorligi, transport infratuzilmasi va barqaror kampus siyosatiga qat’iy amal qilayotganini namoyon etdi

https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/alfraganus-university

https://greenmetric.ui.ac.id/rankings/overall-rankings-2024/afu.uz


SERTIFIKAT


Global Sustainable Development Congress 2025: Istanbuldagi xalqaro anjumanda faol ishtirok

2025-yil 16–19 iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Times Higher Education tashabbusi bilan tashkil etilgan Global Sustainable Development Congress 2025 xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq mamlakat universitetlari, vazirliklar va xalqaro tashkilotlar qatorida O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda yetakchi oliy o‘quv yurtlari ishtirok etdi.


O‘zbekiston uchun yana bir muhim jihat — ushbu anjumanda ishtirok etgan 9 ta oliy ta’lim muassasasidan faqat bitta nodavlat universitet — Alfraganus universiteti bo‘lganidir. Bu universitetning nafaqat milliy, balki xalqaro taʼlim makonidagi nufuzining ortib borayotganini ko‘rsatadi.



Nima uchun bunday reytinglar muhim?

THE Impact Rankings universitetlarning global muammolarga yechim topishdagi faolligini, jumladan, iqlim o‘zgarishi, tenglik, sog‘liqni saqlash va taʼlimdagi o‘zgarishlarga qo‘shgan hissasini o‘lchab beradi.

UI GreenMetric esa universitetning ekologik siyosatga nisbatan yondashuvi, kampusdagi “yashil” tashabbuslari va barqaror infratuzilmasini baholaydi.

Bu kabi reytinglarda ishtirok etish universitetga nafaqat xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortadi, balki ilmiy faoliyat, investitsiyalar va xorijiy talabalarni jalb qilish uchun yangi eshiklarni ochadi.

Alfraganus universiteti: Zamonaviy taʼlim va global barqarorlikning yangi modeli

2022-yilda tashkil etilganiga qaramay, Alfraganus universiteti hozirda 8 ta fakultet, 50 ta bakalavr va 10 ta magistrlik taʼlim yo‘nalishlari bilan faoliyat yuritmoqda. Universitet zamonaviy taʼlim va tadqiqotlarni ESG (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv) tamoyillari asosida yo‘lga qo‘ymoqda.

Mazkur yutuqlar, albatta, Alfraganus universitetining nafaqat taʼlim sohasida, balki global barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirishda ham munosib o‘rin tutayotganidan dalolat beradi.


ALFRAGANUS UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA

Alfraganus universiteti 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini boshladi!

8 ta fakultet

50 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari

10 ta magistratura mutaxassisligi

Har bir yo‘nalish zamonaviy va amaliyotga yo‘naltirilgan.

— Birinchi marta o‘qishga topshirayotgan abituriyentlar;

— O‘qishni ko‘chirish (transfer);

— Magistraturaga hujjat topshirish — hammasi bir platformada!

Rasmiy qabul platformasi: qabul.afu.uz

Orzuyingizdagi kasb sari birinchi qadamni bugunoq tashlang!

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Magistratura mutaxassisliklari

Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)

+99878 122 75 57

@Alfraganus_callcenter