Mazkur reyting ekologik boshqaruv, yashil infratuzilma, energiya samaradorligi, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslari va ekologik transport kabi mezonlarni baholovchi xalqaro platformadir.

Universitet 2024-yildagi 872-o‘rindan 2025-yilda 733-o‘ringa, O‘zbekiston bo‘yicha 27-o‘rindan 22-o‘ringa ko‘tarildi. Umumiy ballning 5310 dan 6110 ga oshishi amalga oshirilgan ekologik islohotlar samaradorligini ko‘rsatadi.

Ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish quyidagi yo‘nalishlarda qayd etildi:

— Sustainability Infrastructure (SI)

— Energy & Climate Change (EC)

— Water Sustainability (WS)

— Waste & Recycling (WR)

— Transportation (TR)

— Education & Research (ED)

Ushbu natijalar yashil infratuzilmani rivojlantirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, suv iste’molini optimallashtirish, chiqindilarni qayta ishlash tizimini kuchaytirish hamda ta’lim va tadqiqotlarda barqaror rivojlanish tamoyillarini keng qo‘llash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samarasi hisoblanadi.